Endi Beshqozon mazali oshlarini buyurtma qilish yanada oson! Mobil ilovamizni App Store yoki Google Play orqali yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va o‘zingizga mos xizmat turini tanlang.
Sevimli taomlaringizni uyingiz yoki ofisingizga buyurtma qiling. Manzilingizni kiriting, kerakli taomlarni savatchaga qo‘shing va to‘lov turini tanlang. Buyurtmangiz 40 daqiqa ichida yetib boradi. Ilova orqali berilgan barcha buyurtmalar uchun 2% cashback qaytariladi, birinchi yetkazib berish esa mutlaqo bepul!
Bizning 4ta filiallarimizdan birida bo‘lsangiz, ofitsiantsiz ham buyurtma berishingiz mumkin. Har bir stolga joylashtirilgan individual QR-kodni skaner qilib, o'zingizga kerakli mahsulotlarni ilova orqali tanlang. Buyurtmangizni ofitsiant tezda stolingizga olib keladi.
Ilova orqali buyurtma qilish - bu an’anaviy ta’mni zamonaviy qulaylik bilan uyg‘unlashtirish. Siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, Beshqozon doimo qo‘lingizda.