Biz, Beshqozon – 1999 yilda ish boshlagan bo’lib, shu vaqt ichida har yili o'rtacha 4 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik va nafaqat poytaxt aholisi, balki uning mehmonlari uchun ham diqqatga sazovor markazga aylandik! Bugungi kunda Toshkent shahrida 4 ta filialimiz mavjud bo‘lib, 700 dan ortiq xodimlar bilan xizmat ko‘rsatamiz. Nomidan tushunganingizdek, osh markazimiz menyusidagi asosiy taom osh hisoblanadi. Bu yerda uni shaharning eng yaxshi oshpazlari an’anaviy o‘zbek retsepti bo‘yicha katta cho‘yan qozonda pishiradi. Shuningdek, oshlarimiz uchun turli xil salatlar, issiqqina nonlar, ichimliklar va choylarni tavsiya qilamiz! Odamlar bizga nafaqat mazali taomlar va hamyonbop narxlar, balki o‘zgacha muhit uchun ham tashrif buyurishadi. “Osh markazimizga tashrif buyuruvchilarning qadri, menyumizdagi narxlardan yuqori bo‘lishi kerak" tamoyilli asosida ish faoliyatimizni olib boramiz. Mehmon Beshqozondan mamnun holatda tark etishi, biz uchun har narsadan ustundir. Muassasaning o'zi katta zaldan iborat bo'lib, uning interyeri milliy detallar: o'ymakorlik, naqshlar, bo'yalgan laganlar, ko'zalar bilan to'ldirilgan. Yozgi mavsumda Siz Toshkent teleminorasi ostidagi sokin terassada vaqt o'tkazishingiz va quyosh taftidan bahramand bo'lishingiz mumkin. Yaxshi milliy taomlar hashamatli interyer va yuqori sifatli xizmat bilan uyg'unlashganda, Sizning ko'nglingiz ushbu joyga qayta-qayta kelishni istaydi. Beshqozon azaldan eng yaxshi mashhur maskanga aylangan holda, xalq qalbidan o'z o'rnini egalladi! |